
O‘zbekiston ichki ishlar vazirligi jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari, podpolkovnik Jamshid Sultonovning ta’kidlashicha, 2018 yili respublikamizda turmalarda jazo muddatini o‘tayotgan mahbuslar soni 10 foizga qisqargan.
Barcha koloniyalarda, jumladan, SIZO, reabilitatsiya markazlarida jami 1814 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Bu mahbuslar tarafidan sodir etiladigan o‘zboshimchaliklar, tartibsizliklarga barham berdi. Ular o‘zlarini bosib olgan holda tinchgina jazo muddatini o‘tashga majbur bo‘lishmoqda.
Hisob-kitoblarga ko‘z tashlaydigan bo‘lsak, hozir respublikamizdagi har 100 ming odamdan 140 nafari mahbus ekanligiga guvoh bo‘lamiz. Agar Amerika bilan taqqoslasak, bu mamlakatda har 100 ming kishiga 665 nafar mahbus to‘g‘ri keladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar