
Foto: «profidom.com.ua»
Bosh prokuratura departamentining Rishton tuman bo‘limi va DXX Farg‘ona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbirda Rishton tumani «Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazi» direktori I.K. fuqaro N.K.ga tuman hokimligi zaxirasidan fermer xo‘jaligi tashkil etishi uchun 6 gektar yer ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorini chiqartirib berish evaziga 4000 AQSh dollari olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan I.K.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Bosh ProkuraturaRishton TumaniDXX Farg‘onaFermer Xo‘jaliklariTezkor TadbirTuman HokimligiJinoyat KodeksiBuxgalteriya HisobiAshyoviy Dalillar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar