
Illyustrativ foto
Shu yilning 6 fevral kuni Toshkent shahri, Sergeli tuman prokuraturasiga kelib tushgan xabarga asosan 37 yoshli kollej direktori Ilhom T. 1500 AQSh dollari miqdorida pul olayotganida qo‘lga olingan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
U o‘zining tanishlari orqali 33 yoshli Shahnoza Yu.ga ukasi nomiga kollejni tamomlagani haqida diplom tayyorlab berishni va’da qilgan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-bandiga («Firibgarlik») muvofiq jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Toshkent ShahriKollej DirektoriFiribgarlikIlhom TShahnoza YuPul OlishJinoyat KodeksiSergeli TumaniXabar Berdi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar