13:13 / 09.02.2019
3 310

Yangi dastur: Endi OTMlarga hujjatlarni elektron tarzda topshirish mumkin

Yangi dastur: Endi OTMlarga hujjatlarni elektron tarzda topshirish mumkin
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mutaxassislari tomonidan abituriyentlarning OTMga elektron hujjat topshirishlari uchun mo‘ljallangan «Universities.uz» dasturi yaratildi.

Bu haqda Intellektual mulk agentligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, dastur O‘zbekistondagi barcha OTMlar (manzillar, telefon raqamlari, fakultetlar, yo‘nalishlar, propusklar va h.k.) haqida ma’lumot olish; foydalanuvchi uchun alohida akkaunt ochish va u istalgan vaqtda o‘z hujjatlarini elektron shaklda yuborishi hamda sms-xabar orqali imtihon natijalarini bilishi kabi funksional imkoniyatlarga ega.

Shuningdek ushbu dastur orqali butun dunyo bo‘yicha grantlar, stipendiyalar va yozgi maktablar haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish mumkin.
Dastur mualliflari Aloviddin Isomitdinov va Nurlan Joldibayevga guvohnoma berildi, deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yangi dastur: Endi OTMlarga hujjatlarni elektron tarzda topshirish mumkin