23:12 / 16.02.2019
7 677

“Kuchli ayol” bo‘lish yoqimli tuyg‘u emas...

“Kuchli ayol” bo‘lish yoqimli tuyg‘u emas...
Oxirgi paytlarda “Kuchli ayol” mavzusida u bu qoralamalarni o‘qib qoldim. Boshqalarning nazdida “kuchli ayol” atamasi ostida kibr, o‘ziga ishongan, erkakshoda, o‘yin kulgiga moyil ayollar tushunilsa kerak. Tag‘in bilmadim. Bilganim shuki, “kuchli ayol”ni kuchsiz, ojiz va ayolning ortidan kun ko‘ruvchi erkaklar paydo qiladi.

“Kuchli ayol” bo‘lish hech bir ayolga yoqimli tuyg‘u emas. Dunyoga kelganki ayol zoti o‘zidan kuchlilarni qadrlaydi, ularga ishonadi, suyanadi. Ming joni bo‘lsin ayol bir jonni oldida o‘zining eng ojizaligini his qiladi.

Keling lo‘ndaroq aytay. Qaysi kuchli ayolga bozorda xalta ko‘tarib yurish yoqadi. Qay biriga g‘isht quyib, devor ko‘tarish, qora mehnat qilish, haqorat eshitsa-da jim yashash.. yoqadi? Yo‘q, kuchlilik qurib ketsin!

Ayol... U bir siqimgina mehrga mushtoq xilqat xolos. Aldab bo‘lsa ham bitta kulib, “ajoyibsan-da” deb qo‘ying. Yayrab ketadi, qo‘li to‘rt, oyog‘i sakkiz bo‘lib kuymalanib xizmatingizni qiladi. Ammo ojizangiz borasida xatoga yo‘l qo‘ysangiz, u albatta kuchli bo‘ladi..!

Eng oxirgisi...
O‘zingiz istamagan o‘sha “Kuchli ayol” ortidan bir kuni qattiq iztirob chekasiz. Qayerda xato qilganingizni qayta-qayta eslaysiz, tushingiz xush bo‘lmaydi, xushingiz tush. Ammo u payt siz “kuchli ayolingiz”ni xayolotida bo‘lmaysiz, uloqtirilgan, unutilgan va keraksiz. Sal hushyor bo‘ling. Kuchlilar ortidagi iztirob, eng kuchli iztirobdir...
Madina MO‘MINOVA

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kuchli ayol” bo‘lish yoqimli tuyg‘u emas...