
Bu ayolning o‘tgan jinoyati o‘ta tahqirli oqibatni keltirib chiqargan bo‘lsa ham ko‘zlari ochilmagan ko‘rinadi. U 2018 yil 3 iyun kuni Kattaqo‘rg‘on shahar Ichki ishlar bo‘limi katta tezkor vakili San’at Umarov tomonidan tahqirlanib, yechintirilgani xabari jamoatchilik orasida katta shov-shuvni keltirib chiqargandi.
Bu voqeadan so‘ng Bosh vazir o‘rinbosari, respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi T.Norboyeva ayolning Kattaqo‘rg‘on tumanidagi xonadonida bo‘lib, shaxsan undan xabar olgan edi.
Mana shu jabrdiyda ayol 2019 yil 10 fevral kuni ertalab sherigi bilan Jizzax viloyati G‘allaorol tumanida joylashgan “G‘allaorol dehqon bozori”da kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlik qilish maqsadida o‘zaro jinoiy til biriktirib, bozorga kelishadi va uning hududida joylashgan choyxonada spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast holatda soat taxminan 08:00 larda tirband joyda kartoshka-sabzi xarid qilayotgan fuqaro L.Ahmedovaning hamyonidagi 165.000 so‘m pullarini va “Samsung” rusumli uyali telefon apparatini kissavurlik yo‘li bilan o‘g‘irlab olishadi. Shu tariqa ular yana bir fuqaroning 75 ming so‘m miqdordagi pulini o‘g‘irlab olishgan.
21 fevral kuni bu ikki ucharga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb e’lon qilindi va tuman prokuraturasiga yuborilgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar