
Foto: Hasan Paydoyev / «Xalq so‘zi»
Oliy Majlis Senatining o‘n sakkizinchi yalpi majlisini ochib bergan Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev o‘z kirish so‘zida yana quyidagilarga to‘xtalib o‘tdi deb xabar qiladi «Xalq so‘zi» nashri
“Xalq bilan muloqot davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganidan keyingina biz qishloq aholisi qanday og‘ir sharoitlarda kun kechirayotganiga yana bir karra amin bo‘ldik.
Bunday sharoitni tubdan yaxshilashga qaratilgan, aniq rejalar va moliyaviy manbalar asosida amalga oshirilayotgan ishlar esa, qishloq ahli turmushida tom ma’nodagi inqilobiy o‘zgarishlarni boshlab berdi.
O‘tgan yilning o‘zida 3 trln. so‘mlik mablag‘ evaziga 420 ga yaqin qishloqning yangicha qiyofaga kirgani fikrimiz dalilidir.
Muhtaram Prezidentimizning qaroriga muvofiq esa,joriy yilda 4,8 trln. so‘m xarajat evaziga 159 ta tumandagi qariyb 480 ta qishloq, ta’bir joiz bo‘lsa, qaytadan dunyoga keladi.
Shu o‘rinda yana bir jihatga e’tiboringizni qaratmoqchiman. Zamonaviy iqtisodiyot rivoji va xalq farovonligining muhim omillaridan bo‘lgan investitsiyalarni yanada keng jalb etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
2019 yilning “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi zamirida ham ana shu vazifa bajarilishini so‘zsiz ta’minlash maqsadi yotibdi.
2019 yilgi investitsiya dasturi asosida barcha manbalar hisobidan 112,2 trln. so‘mlikdan ziyod yoki 2018 yilga nisbatan 16 foiz ko‘p investitsiyalarni o‘zlashtirish mo‘ljallanmoqda.
Mazkur kapital qo‘yilmalarining 34 trln. so‘mlikdan ko‘prog‘i to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalardir.
Qolaversa, mamlakatimiz yil boshidayoq ushbu yo‘nalishda olamshumul yutuqqa erishib, o‘zining moliyaviy tarixidagi yangi sahifasini ochdi: 13 fevral kuni O‘zbekiston ilk bor 1 mlrd. dollarlik davlat obligatsiyalarini London fond birjasiga muvaffaqiyatli joylashtirdi.
Natijada mamlakatimizning davlat xalqaro yevrobondlariga talab 8 mlrd. dollardan oshib ketdi.
Bugun yalpi majlisda bu kabi faktlarni keltirishimizdan maqsad har birimiz hozir qanday davrda yashayotganimizni, bu davrning talablari nimalardan iboratligini, O‘zbekiston qanday yuksak marralarni ko‘zlaganini, maqsadlar va ularning ro‘yobi uchun ishga solinayotgan resurslarning nechog‘lik ulkan ekanligini chuqur his qilishimiz zarur.
Yuqorida tilga olingan rejalar va raqamlar ostida,umuman islohotlar zamirida qanday og‘ir mas’uliyat yuki turganini hammamiz his qilishga va bunday mas’uliyatni qat’iy iroda hamda jur’at bilan o‘z zimmasiga olayotgan muhtaram Yurtboshimizga yelkadosh bo‘lishga burchlimiz, kerak bo‘lsa,majburmiz.
Binobarin, Davlatimiz rahbari barchamizni o‘zgarishga da’vat etib,“inson o‘zgarsa,jamiyat o‘zgarishi”ni uqtirdilar.
Zotan, xalq bilan, turli soha va tarmoqlarda,hududlarda faoliyat olib borayotgan fidoyi va tashabbuskor insonlar bilan muloqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, hali jamiyatdagi muammolarning aniqlanganidan aniqlanmagani, dolzarb masalalarning hal etilganidan hal etilmagani ko‘proq“. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar