07:01 / 01.03.2019
3 845

IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirmoqda

IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirmoqda
2019 yil 17 fevral kuni Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida yashovchi X.T. (ayol) IIBga murojaat qilgan, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

U internet tarmog‘idagi “Apple New” reklama sayti orqali o‘zini Qozog‘iston Respublikasi fuqarosi “Jaden Guldana”-deb tanishtirgan shaxs “Telegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali u bilan gaplashib, X.T. 2 dona “iPhone XS” mobil telefoni sotib olsa, unga yana 1 dona mobil telefoni qo‘shib berishini aytib ishontirganligini, so‘ng 2018 yil 26 dekabr kuni X.T. Qo‘qon shahridagi bankning xalqaro elektron pul o‘tkazmasi orqali J.Guldanaga 1200 AQSh dollarini o‘tkazganligini, lekin shu kunga qadar mobil telefonini ham pullarini ham qaytarib ololmayotganini ma’lum qilgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatni sodir etgan noma’lum shaxsni aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar sizga chet el mamlakatlaridagi notanish insonlar internet tarmog‘i orqali savdo-sotiqni amalga oshirishni taklif etayotgan bo‘lsa, hushyor bo‘ling, aldanib qolmang!” - deyiladi IIV xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » IIV internet tarmog‘idagi firibgarlardan ogohlantirmoqda