
Oramizda shunday shaxslar borki, noqonuniy faoliyati yoʻlida tanish-bilish, kuch ishlatish bilan har qanday masalani hal qilaman, deb oʻylaydi. Shulardan biri Sharof Rashidov tumani, Yaxtanlik mahallasi, Boʻzsuv koʻchasida yashovchi E.Moʻminovdir.
Gap shundaki, Majburiy ijro byurosi Sharof Rashidov tuman boʻlimi tezkor xodimlari tomonidan fuqaroning xonadoni koʻrikdan oʻtkazilganda, elektr energiyadan noqonuniy foydalanib kelayotganlik holati aniqlanadi. Bundan tashqari, davlat inspektori mazkur xonadonda chigitdan isteʼmol uchun yaroqsiz boʻlgan yogʻ mahsuloti ishlab chiqarilayotganiga shubha qilib, uyni koʻzdan kechirishga ruxsat soʻraydi.
Lekin, xonadon sohibi ikki nafar oʻgʻillari E.Moʻminov va Gʻ.Moʻminovlar bilan birgalikda Majburiy ijro byurosi Sharof Rashidov tuman boʻlimi tezkor xodimlarining qonuniy faoliyatiga nisbatan faol qarshilik koʻrsatib, tan jarohati yetkazadilar.
Shu kuni koʻrik davomida xonadonda bir dona qoʻlbola juvoz ramasi, bir dona juvoz pichogʻi, bir dona juvoz trubasi, bir dona juvoz bunkeri, uch dona juvoz remeni, bir dona juvoz shkifti, bir dona motor orqa qopqogʻi, 5 litr juvoz yogʻi ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishlari boʻyicha Zafarobod tuman sudining hukmiga koʻra, E.Moʻminov Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat kodeksi 219-moddasining 2-qismi bilan aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Qolaversa, sud tomonidan uning oʻgʻillari E.Moʻminov va Gʻ.Moʻminovlarga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi berildi.
Xulosa qilib aytganda, jamiyatda qonun-qoidalarga rioya qilib yashash farovon hayot asosidir.
Majburiy IjroSharof RashidovE.MoʻminovGʻ.MoʻminovJinoyat KodeksiQonuniy FaoliyatTan JarohatiSud HukmiOzodlikdan Mahrum O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar