
Qoʻshiqchi Kaniza Ahmedova oʻz instagram sahifasi orqali sevgi-muhabbatga boy bir post qoldirdi. Uni oʻqigan insonning qalbi beixtiyor romantik tuygʻularga oshno boʻladi.
– Insonning qalbi doim mehrga, muhabbatga tashna boʻladi. Sevamiz… Sevilamiz… Azoblanamiz… Quvonamiz. Bu tuygʻular hattoki qalbimizni azoblaganida ham hayotimizni toʻldirib turgandek goʻyo… Men ham hamma qatori sevdim… sevildim…balki istaganimdan ham ortiqroq sevilgandirman… Bu alohida mavzu! Muhimi men koʻngil kechinmalarimni qoʻshiq qilib sizga yetkaza olish imkoniyatiga egaman. Xuddi navbatdagi yangi qoʻshigʻimdagi kabi. Siz-chi, siz sevgingizni qanday taʼriflaysiz? Siz bilan shu mavzuda gaplashgim keldi. Qalbingizda takrorlanmas hislarni hadya qilgan sevgilingiz bormi?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar