Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bogʻida bir qozonda 6 tonnalik sumalak tayyorlash rejalashtirilmoqda. Navroʻz bayramini nishonlash kunlari rekord-sumalak tayyorlanadi.
Nampravda xabariga koʻra, sumalak tayyorlash boʻyicha aksiya 19-21 mart kunlari “Sumalak sayli” turizm va milliy qadriyatlar ikkinchi festivali doirasida boʻlib oʻtadi. Oʻtgan yili birinchi rekord oʻrnatilganda, tayyorlangan sumalak ogʻirligi 5 tonnani tashkil etgan. Shu tariqa, oldingi koʻrsatkichni yanada yaxshilash rejalashtirilgan.
Rejaga koʻra, “rekord sumalak” uchun 1 tonna bugʻdoy, 500 kilogramm yogʻ, 3 tonna un ketadi. U maxsus qozonda tayyorlanadi, qozon tashkilotchilar buyurtmasi boʻyicha Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Markaziy taʼmirlash-muhandislik zavodida yaratildi. Namanganga diametri 3,8 metr, hajmi 7 ming litr va umumiy ogʻirligi 4600 kilogramm boʻlgan qozon allaqachon olib kelingan.
Sumalak tayyorlash uchun tanlov asosida 30 nafar tajribali ayol oshpaz tanlab olindi. Ularning barchasi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin