3 933
Har gal kommunal xizmatlar uchun toʻlov qilgani kassaga borganimda bir xil manzaraga duch kelaman: odam koʻp boʻladi. Uzundan-uzun navbatni koʻrib oʻylab qolaman, bugungi axborot texnologiyalari asrida ishlatgan gazimizu chirogʻimiz pulini qoʻlimiz
Har gal kommunal xizmatlar uchun toʻlov qilgani kassaga borganimda bir xil manzaraga duch kelaman: odam koʻp boʻladi.
Uzundan-uzun navbatni koʻrib oʻylab qolaman, bugungi axborot texnologiyalari asrida ishlatgan gazimizu chirogʻimiz pulini qoʻlimizdagi mobil telefon orqali toʻlasak boʻladi-ku! Buning uchun maxsus tizim ham yaratilgan. Xoʻsh, nega shunday qilmaymiz?
Ochigʻini aytsam, kamina uchun ham bir daqiqa ichida mobil telefondan koʻra, bir soat navbatda turib kassada toʻlagan afzal. Negaligini aniq bilmayman. Kvitansiya, muhr boʻlgani uchundir balki. Harqalay, ertaga, deylik, hududimdagi “Maxsustrans” korxonasidan biror maʼlumot olish zarurati tugʻilganda, mana shu qogʻozlar asqatadi. Ammo shunday boʻlgan taqdirda ham ayni paytda buning ahamiyati qolmadi.
Joriy yil 1 yanvardan boshlab, notariuslar uy-joyning kommunal xizmatlardan qarzi mavjud yoki mavjud emasligi haqidagi axborotni taqdim etishi ishga tushdi. Ular barcha virtual toʻlov tizimlari bilan integratsiyalashdi. Bugun bu tizim Toshkent shahrida ishlamoqda. Shu tariqa fuqaro va tashkilot koʻrsatilgan hujjatlar va maʼlumotnomalarni mustaqil ravishda toʻplash zaruratidan xalos boʻldi.
Ortiqcha sargardonliksiz, oʻtirgan joyda turib birpasda toʻlangan “virtual” pullar ham shu zahotiyoq isteʼmolchining hisobraqamiga tushadi. Click, Payme kabilardan toʻlasak ham hech narsa yoʻqotmaymiz.
Xoʻsh, u holda nega shu usuldan foydalanmaymiz? Yo targʻibot kammi? Yoki hali bunga tayyor emasmizmi? Yoki ishonmaymizmi? Bu kabi toʻlovlarni hozirgi zamonga mos usulda amalga oshirishga bizga nima halaqit beryapti?
Siz nima deb oʻylaysiz?
Shukrona RASULOVA,
Chilonzor tumani
Chilonzor tumani
Manba: Od-press.uz “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Jasur Abduraimov: "Olimpiadaga chiqqanimiz ortidan raqiblarning bizga nisbatan hurmati oshadi"
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Ukraina kamikadze dronlari Belgorod viloyatidagi aholi punktlariga hujum uyushtirdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Paragvayda futbol uchrashuvida maxsus kuchlar futbolchilar va muxlislarga qarata o‘t ochdi