7 097
Oʻzbekistonda 22 yoshli qizni “ochiq suratlari” bilan shantaj qilgan ikki yigit qoʻlga olindi
Oʻzbekistonda intim-suratlar uchun pul talab qilgan yigitlar qoʻlga olindi, deb xabar berdi Toshkent IIBB matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, 22 yoshli Rashida (ismi oʻzgartirilgan) ismli qiz ichki ishlar organlariga yordam soʻrab murojaat qilgan. Qizning aytishicha, 21 yashar Muxriddin A. va uning tengdoshi, muqaddam sudlangan Anvar X., undan intim xarakterdagi suratlarini qoʻlga kiritib, soʻngra 400 ming soʻm talab qilishgan.
Aks holda, qizning suratlarini internet tarmogʻida tarqatib yuborish bilan qoʻrqitishgan.
Yigitlar pulni olayotgan vaqtda militsiya xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Ularga qarshi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (“Tovlamachilik”) boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi