
Bu dunyoda turfa insonlar, turfa taqdirlar bor. Bir umrga baxtli yashashni niyat qilib turmush qurgan juftlik ajrashib ketadi. Bunga sabablar turlicha, ammo oilada erkak kishi otalik masʼuliyatini unutmasligi lozim.
Fuqaro H.Roʻziqulov ham 2017 yil 9 fevraldagi Shahrisabz tumanlararo sudining qaroriga koʻra, daʼvogar S.Joʻrayeva foydasiga aliment pullari undirish belgilangan boʻlsada, ota aliment toʻlashdan boʻyin tovlab kelgan.
2019 yilning 8 fevral kuni qarzdorga tegishli “DAMAS” avtomobili Byuroning Shahrisabz tuman boʻlimi xodimlari tomonidan xatlandi.
Shundan soʻng, ushbu fuqaro shu yilning 9 fevral kuni alimentdan boʻlgan jami 8 mln. 752 ming 892 soʻm qarzini toʻlab berdi va avtomashina oʻz egasiga qaytarildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar