Yaqinda Oʻzbekistonning Shanxaydagi vakolatxonasi vakillari mahalliy politsiya mahkamasiga murojaat etib, oʻzbekistonlik Maftuna Xolmatova haqida toʻliq maʼlumot yigʻib berishlarini soʻragandi. Tez kunda iltimos qondirildi. Maftuna yashab turgan yerga vakolatxona vakillari politsiyachilar hamrohligida tashrif buyurishdi.
Suhbat davomida shu narsa maʼlum boʻldiki, 2018 yil iyunida Maftuna Namangandagi nikoh agentligi orqali Xitoy fuqarosi Yao Venxao bilan tanishgan. Erkakning niyati jiddiyligiga amin boʻlgach, u bilan rasman nikohdan oʻtgan va Xitoyga joʻnab ketgan. Ammo kelishi bilan uni qullikka mahkum etishgan. Eri ayolni och holda uyga qamagan holda ushlab, kaltaklagan, pasportini ham olib qoʻygan. Bir soʻz bilan aytganda, oʻzi istagancha Maftunaning ustidan kulgan. Suhbat yakun topgach, mahalliy politsiyachilar Maftunani vakolatxona vakillari ixtiyoriga berishdi. Ayol Pekin orqali 28 mart kuni Toshkentga uchib keldi.
Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi mutasaddilari bu fojiadan kelib chiqib fuqarolarni ehtiyotkorlikka chorlab qoladi. Shaxsini tasdiqlovchi hujjatni birovga ishonib berib qoʻymaslikni maslahat beradi. Agar xorijiy davlatga uzoq muddatga tashrif buyurishsa, albatta oʻsha joydagi vakolatxonada roʻyxatdan oʻtishni tavsiya etishadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Xose Venansio Lopes: Ba’zi vaziyatlarda o‘zimiz nazoratni yo‘qotdik
Ilon Mask Pekinga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
Osiyo kubogi. O‘zbekiston penaltilar seriyasida Tojikistonni mag‘lub etdi va bronza medallarini qo‘lga kiritdi
Olmaotada o‘likxona qo‘riqchisi jasadlarni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda
Toshkentda «prava» olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Husiylar Rossiya neftini olib ketayotgan kemaga raketalar uchirdi