date

O‘zbekistonning yangi senatorlari 13-14 yanvarda saylanadi

O‘zbekistonning yangi senatorlari 13-14 yanvarda saylanadi

O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi 31 dekabr, chorshanba kuni bo‘lib o‘tdi. Majlisni Komissiya raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov olib bordi, Bu haqda MSK rasmiy sayti'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 52-moddasiga muvofiq, Senatga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari saylanganidan keyin bir oydan kechiktirmay o‘tkaziladi. Mazkur Qonunning 50-moddasiga ko‘ra, Senat a’zolari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda – olti kishidan besh yil muddatga saylanadi (jami – 84 senator).

Oliy Majlis Senatiga saylov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi.

MSKning qabul qilingan qaroriga binoan Oliy Majlis Senati a’zolarining saylovi bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo‘shma majlislari 2015 yil 13-14 yanvar kunlari o‘tkazilishi lozim.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 16 nafar a’zosi fan, san’at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo‘lgan hamda alohida xizmat ko‘rsatgan eng obro‘li fuqarolar orasidan O‘zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadi. Senatning vakolat muddati — besh yil.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonning yangi senatorlari 13-14 yanvarda saylanadi