4 780
Toshkent shahar hokimi maslahatchisi va “Ippadrom” savdo kompleksi AJ rahbari koʻplab jinoyatlarda ayblanmoqda
Foto:UzNews.uz
Chilonzor buyum savdo kompleksi AJ boshqaruv raisi lavozimida ishlab kelgan Dilmurod Mirtadjiyev oʻrniga Oʻktamjon Otaboyev ish boshlagan.
“Bozor ishi” boʻyicha hozircha 23 nafar turli lavozimdagi shaxslar jinoyat ishida Jinoyat kodeksining oʻnlab moddalarida ayblanmoqda.
Sudlanuvchilar orasida Toshkent shahar hokimining sobiq maslahatchisi Rovshan Abdumajitov ham bor. U tovlamachilik, oʻzlashtirish, mansab vakolatini suistteʼmol qilish, firibgarlikda ayblanmoqda.
“UzNews.uz” ning huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yaqin manbasiga koʻra, bu jinoyat ishida Rovshan Abdumajitovning oʻgʻli Bekzod ham aybdor sifatida koʻrilmoqda.
Sudya Sarvar Karimov raisligida Toshkent shahar Jinoyat ishlari boʻyicha sudida koʻrilayotgan sud ishida Toshkent sayohat servis sobiq direktori M. Moʻminovga nisbatan ham sud-tergovi oʻtkazilmoqda.
Bu sud ishi davomida Djmalov Sadriddin Azamatovichga esa Qurol, oʻq-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish yaʼni, Jinoyat kodeksining 248-moddasi tartibida aybdorlik masalasi ham koʻrilmoqda.
Bu jinoyat ishi doirasida “Bek toʻpi” bozorining sobiq rahbari Shukrullo Ergashev ham qamoqqa olingan va u Jinoyat kodeksining 167-moddasi va 205-moddasi bilan ayblanmoqda.
Bu boʻyicha Bosh Prokuraturadan Surayyo Rahmonovaning maʼlum qilishicha, ishning bir qismi hali 21-boshqarmada tergov qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi