Shayxontohur tumani hokimi ishdan olindi

Shayxontohur tumani hokimi ishdan olindi
Toshkent shahrining Shayxontohur tumani hokimi Shuhrat Sanjarovich Muhammadxonov ishdan olindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan 1-chorak yakunlari bo‘yicha videoselektor davomida Shuhrat Muhammadxonov, uning birinchi o‘rinbosari va soliq inspeksiyasi rahbari lavozimidan ozod etilgan.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, Shayxontohur tumani hokimi byudjetga tushumlar bo‘yicha reja ko‘rsatkichi bajarilishidagi jiddiy kamchiliklar uchun tanqidga uchragan.

Shuhrat Muhammadxonov 2018 yilning avgust oyida Bahodir G‘oyibnazarov o‘rniga Shayxontohur tuman hokimi lavozimini egallagandi.
Shayxontohur tumani hokimi ishdan olindi
Foto: kun.uz
Bundan avvalroq, bosh vazir Abdulla Aripov Toshkent shahar hokimligida yig‘ilish o‘tkazgan, unda 1-chorak yakunida kutilayotgan natijalar hamda byudjetga tushumlar borasida Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilingani xabar qilingandi.

Manba: Kun.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar