3 482
Moskvadan Urganchga uchib kelgan yo‘lovchi telefonida o‘ta xavfli videolar borligi aniqlandi
Foto: O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati
Urganch xalqaro aeroportida Moskvadan kelgan yo‘lovchi bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, uning telefonida ko‘plab aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi videolar aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, «Moskva-Urganch» aviareysi bilan uchib kelgan fuqaro Sh.M «yashil yo‘lak» orqali harakatlanayotganida uning xatti-harakatlari bojxonachilar e’tiborini tortgan.
Shundan so‘ng, fuqaro xolislar ishtirokida belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazilganida, uning uyali telefoni xotirasidan 81 dona diniy mazmundagi audio eshittirish va 143 dona diniy mazmundagi video lavhalar borligi aniqlangan.
Ekspert xulosasiga ko‘ra, aniqlangan audio va video lavhalar aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qiluvchi materiallar ekanligi tasdiqlangan.
Mazkur holat yuzasidan fuqaro Sh.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 246-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi