Joriy yilning 6 aprel kuni ertalab kuchli yomg‘ir yog‘ishi tufayli Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanidagi Oqrabot qishlog‘ida ko‘chkilar hosil bo‘ldi, buning oqibatida temir yo‘l sathining pasayishi yuz berdi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» xabarida aytiladi.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda yo‘l ustki qismni mustahkamlash bo‘yicha tiklash ishlari olib borilmoqda. Yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash maqsadida peregon (ikki qo‘shni stansiya orasidagi masofa - tahr.) vaqtincha yopildi.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan ushbu uchastkada yuk ko‘chma sostavi xodimlari (to‘xtab qolgan elektrovozda bo‘lganlar) avtobuslar yordamida olib chiqib ketilgan.
«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning boshqaruv raisi v.b. X.Hosilov boshligidagi rahbariyati yuzaga kelgan noqulayliklarni tezda bartaraf etish uchun voqea joyiga yo‘l olgan.
Ushbu hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, ko‘chma sostavning barcha vagonlari soz holatda.
Kompaniya rahbariyatining ta’kidlashicha, ushbu uchastka kechgacha to‘liq tiklanishi rejalashtirmoqda.
Bundan oldin, sellar temiryo‘lga ham zarar yetkazgani, Dehqonobodda poyezd izdan chiqib ketgani xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Bayden: “AQSH butun dunyoda matbuot erkinligi bo‘g‘ilishiga javoban sanksiyalar joriy qilmoqchi”
Erkin Komilov Sherali Jo‘rayev bilan o‘tgan yoshligi va Zulxumor Qodirova haqida nimalarni gapirdi?
Kecha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga g‘alaba uchun nima yetishmadi?
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
AQSH va Yaponiya gipertovushli qurollarni urib tushirish uchun raketa yaratadi
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Shohjahon Jo‘rayev 2 yil oldin otasi Sherali Jo‘rayevni sudga bergani ma’lum bo‘ldi
Ukraina bosh vaziri: “Rossiya urush davomida Ukrainada 250 mingdan ortiq turar joy binosini vayron qildi”