
Bugun, 8 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Termiz shahridagi koʻpqavatli uylardan birida gaz portlagani aks etgan video tarqaldi.
Izohlarga koʻra, portlash natijasida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar bor.
Videoda koʻrish mumkinki, portlash vaqtida binoda odamlar boʻlgan va ular shoshilinch ravishda binoni tark etishgan.
Portlash koʻpqavatli uy yertoʻlasida tashkil etilgan, sellofan ishlab chiqarishga moslashtirilgan noqonuniy sexda sodir boʻlgani aytilmoqda.
Kun.uz nashri aniqlik kiritishicha, hodisa Termiz shahri “Doʻstlik” mahallasining Alisher Navoiy koʻchasidagi 10-uyda roʻy bergan. Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida 3 kishi halok boʻlgan.
Ayni vaqtda voqea joyi oʻrab olingan, tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Hozircha rasmiy idoralar bu hodisa yuzasidan bayonot bermadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar