Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan mamlakatimiz hududidan 2,116 mln. AQSh dollarini noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda DXX Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar berdi.
Xo‘jaobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbir chog‘ida Andijondan Qorasuv tomon harakatlanayotgan Nexia rusumidagi avtomobil to‘xtatilib, ko‘zdan kechirilgan. Natijada 30 litr sig‘imdagi plastmassa idish va 2 ta sellofan paketga joylashtirilgan valyuta ushbu avtomobilga yashirilgani aniqlandi.
Ma’lum bo‘lishicha, Shahrixon tumanida yashovchi shaxs olgan pul mablag‘lari Toshkentdan berib yuborilgan. Ushbu valyuta bojxona nazoratidan o‘tib borib, Qirg‘izistonga yetkazilishi kerak edi.
DXX boshqarmasi ushbu holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan va unga aloqador shaxslarni aniqlash bo‘yicha choralar ko‘ryapti. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi