Ijtimoiy tarmoqlar orqali talabalarga ta’lim muassasalari hududida bosh kiyim (ro‘mol, do‘ppi) bilan yurishga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Bunda asosan talaba-qizlarning ro‘mol o‘rashi masalasi oliy o‘quv yurti rahbariyati tomonidan alohida majlislarda ko‘rib chiqilgani haqida axborot berilgan.
Lekin bu haqda rasmiy xabarlar chiqmadi. Shu munosabat bilan Azon.uz tahliliy portali Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan ushbu masalaga aniqlik kiritish maqsadida bog‘landi.
OO‘MTVning Ma’naviy-axloqiy tarbiya boshqarmasi boshlig‘i Otabek Bozorovning ma’lum qilishicha, talabalarning ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati masalasi oliy o‘quv yurti tomonidan tasdiqlangan ichki tartib-qoidalariga asosan belgilanadi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘i ta’lim muassasalarining nizomlari O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan normalardan chetga chiqmasligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, vazirlik xodimi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi tizimidagi biror bir oliy ta’lim muassasasida kiyinish madaniyati bilan bog‘liq yig‘ilish yoki uchrashuv bo‘lmaganligi, bu haqdagi xabarlar yolg‘on axborot ekanligini aytmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi