Foto: Spot
O‘zbekistonda «Humo» kartalarini chiqarish joriy yil 1 maydan boshlanadi. Bu haqda 17 aprel kuni bo‘lib o‘tgan Markaziy bank matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar beradi "Daryo" nashri.
Hozirda sinov tartibida Markaziy bank va tijorat banklari xodimlari uchun bir nechta karta chiqarildi.
Ulardan aprel oyi oxiri, may oyi boshlaridan boshlab foydalanish mumkin bo‘ladi.
Markaziy bankning qayd etishicha, mamlakatda kartalarni qabul qiladigan 47 990 ta terminal o‘rnatildi.
«Yangi kartalar egalari to‘lov muammosiga duch kelmasliklari uchun terminallar o‘rnatdik. Hozircha ushbu terminallar UzCard kartalarini qabul qilmaydi, ammo kelajakda bu muammo bartaraf etiladi — masala yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda. Shu bilan birga, terminallar MasterCard, Visa va UnionPay’ni ham qabul qiladi», deb xabar beradi Markaziy bank.
Ish haqi loyihalari doirasida kartaning muomalasi bepul bo‘ladi. Tijoriy ekvayring uchun 0,2, internet ekvayring uchun 0,1 foizgacha komissiya belgilanadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi