11:25 / 21.04.2019
2 471

Koreya Prezidenti O‘zbekistondagi davlat tashrifini yakunladi (foto)

Koreya Prezidenti O‘zbekistondagi davlat tashrifini yakunladi (foto)
Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirgan Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Je In o‘z tashrifini yakunladi.

18 aprel kuni Toshkentga kelgan Koreya Respublikasi Prezidenti 19 aprel kuni ikki davlat rahbari ishtirokidagi muzokaralarda va ikki davlat biznesmenlari ishtirokidagi biznes-forumdda ishtirok etdi, 20 aprel kuni Toshkentda Koreys madaniyat va san’at uyi ochilishida qatnashdi hamda shu kuni Samarqand viloyatiga borib, tarixiy obidalarni ziyorat qildi.

Mun Je In 21 aprel kuni Samarqanddan jo‘nab ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koreya Prezidenti O‘zbekistondagi davlat tashrifini yakunladi (foto)