Yaqinda Toshkent shahar IIBB YHXB telegram-botiga video qayd etish uskunasi orqali tushirilgan video kelib tushdi, deb xabar bermoqda IIBB axborot xizmati.
Videoda Farhod ko‘chasidagi boshqarilmaydigan piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan piyodalarni mashinalar o‘tkazib yuborayotganlari aks etgan. Faqatgina “Matiz” rusumli taksi mashinasi tezlikda piyodalarni o‘tkazmasdan o‘tib ketgan.
Ushbu avtomobil haydovchisi 43 yoshli S.Ya. ekanligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi (“Haydovchilarning transport vositalarini piyodalar yo‘lkalaridan yurgizishi, yo‘l belgilari va yo‘l harakatining boshqa qoidalari talablariga rioya etmasligi”) asosida bayonnoma tuzildi.
“Hurmatli haydovchilar va piyodalar, bir-biringizni hurmat qiling va yo‘l harakati qoidalariga rioya qiling. Yodingizda bo‘lsin: YHQni mensimasdan o‘z hayotingiz va sog‘lig‘ingiz, shuningdek o‘zgalarning hayoti uchun xavf tug‘dirgan bo‘lasiz”, - deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi