
Ijtimoiy tarmoqlarda kuchli yomg‘ir va uning oqibatlariga oid suratlar, videolar tarqalmoqda. Ana shunday videolavhalardan biri poytaxt markazida, Xalqaro Vestminster Universiteti yonida olingan.
Video muallifining so‘zlariga qaraganda, baxtli tasodif tufayligina birorta mashina ichida odamlar bo‘lmagan. Daraxt kuchli yomg‘ir natijasida ildizidan ajralib qulab tushgan va juda balandligi tufayli yettita mashinani bosib, pachoqlagan.
So‘nggi kunlarda kuchli yomg‘irlar tufayli ko‘chalarni suv bosgani, daraxtlar qulayotgani haqida qator xabarlar e'lon qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar