
24 aprel kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida dzyudo bo‘yicha Osiyo—Okeaniya chempionatida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan sportchilar tantanali kutib olindi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ushbu marosimda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi, Mudofaa vazirligi sport klubi, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
20—23 aprel kunlari Birlashgan Arab Amirliklarining Fujayra shahrida o‘tkazilgan chempionatda Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari ham qatnashib, milliy terma jamoa hisobiga medallar shodasini qo‘shib qo‘ygan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Ayollar o‘rtasida kechgan bellashuvlarda Diyora Keldiyorova (-52 kg) oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi Gulnoza Matniyozova (-70 kg) hamda Sharofiddin Boltaboyev (-81 kg) kumush medal sohibiga aylandi. Hikmatillo To‘rayev (-73 kg) va Muhammadkarim Xurramov (-100 kg) bronza medallari bilan qaytishdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
«Harbiy orkestr sadolari ostida kutib olingan sportchilar jahon arenalarida qo‘lga kiritgan g‘alaba va sovrinlari bilan muborakbod etildi», deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabarida.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar