Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi X.Ibragimov avtomoshina olib berishni va’da qilib, fuqaro X.Narbitovadan 23 mln. so‘mni qarz sifatida oladi va va’da va’daligicha qolib, avtomoshinadan darak bo‘lmaydi.
Fuqaro X.Narbitovaning arizasiga ko‘ra 2017 yil noyabr oyida olingan pullarni bir yildan oshsada, qarzni qaytarishni X.Ibragimov xayoliga ham keltirmagan.
Fuqaro X.Narbitova sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilib, uning murojaatida qayd etilgan vajlarni Fuqarolik ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tumanlararo sudi o‘z binosida ochiq sud majlisida ko‘rib chiqdi.
Sud jabrlanuvchining da’vosini ta’minlab, X.Narbitovaga 23 mln. qarzni hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi bo‘yicha foiz undirishni ham belgilab, jami 24 mln. 839 ming so‘m undirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Sud qarori ijrosini ta’minlash uchun Majburiy ijro byurosining Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limiga yuborildi.
MIBning Jarqo‘rg‘on tuman bo‘limi tomonidan ijro harakatlariga kirishilib, X.Ibragimovdan sud tomonidan belgilangan qarzdorlik to‘liq undirildi. X.Narbitova ham Majburiy ijro byurosiga o‘z minnatdorchiligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi