07:10 / 30.04.2019
8 609

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab yagona maktab formasi joriy etiladi

2019-2020 o‘quv yilidan boshlab yagona maktab formasi joriy etiladi
Maktab formasi “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasiga a’zo bo‘lgan yo bo‘lmagan korxonalar tomonidan tikib, o‘quvchilarga yetkaziladi. Korxonalar uyushma tomonidan kerakli metodik qo‘llanmalar va ishlanmalar bilan ta’minlanadi, tikuv ishlari esa bevosita mahalliy korxonalar tomonidan amalga oshirishadi. Kun.uz muxbiri “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi Ilhom Haydarov bergan ma’lumot asosida shu haqida xabar berdi.

“Hududlarda joylashgan kichik va katta korxonalar o‘sha yerlardagi maktab o‘quvchilari uchun forma tikishga imkoniyatiga ega. Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati, Farg‘ona vodiysining barcha hududlarida maktab formasiga oid ishlar boshlab yuborilgan. Mato va gazlamalar bilan bog‘liq qandaydir yetishmovchiliklar bo‘lsa, ularni qoplash uchun o‘z ishtirokimizni bevosita ta’minlab beramiz. Masalan, bugungi kunda biz Toshkent viloyati va shahrida ishlab chiqarilgan aralash kalava ipni Buxoroga borib to‘qib, Xorazmda bo‘yab, tikuvchilarga yetkazib beryapmiz”, - deydi rais.

Maktab formasi O‘zbekistonda barcha uchun joriy qilinayotganda katta partiyada yetkazib berilishi kerakligi bois ayrim joylarda import matolar ham ishlatilishi mumkin, shunday bo‘lsa-da, barcha matolar O‘zbekistonda joriy etilgan standartlarga to‘la-to‘kis javob beradi.

“O‘ylaymanki, 2019 yilning 1 sentyabrigacha barcha maktab o‘quvchilarimiz yagona formada maktabga borish imkoniga ega bo‘lishadi”, - deya ma’lum qildi Ilhom Haydarov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab yagona maktab formasi joriy etiladi