
Kecha, 29 aprel kuni soat taxminan 19:40 da Toshkentdagi Ohangoron yo‘lida skuter, «Tiko» avtomashinasi va 44-yo‘nalishda harakatlanadigan avtobus yo‘l transport hodisasi sodir etgan. Natijada skuterni boshqarib ketayotgan 34 yoshli A.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Guvohlarning hamda «Tiko» va avtobus haydovchilarining so‘zlariga ko‘ra, skuter svetaforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga to‘xtagan «Tiko» mashinasi bilan to‘qnashgan va boshqaruvni yo‘qotib, o‘ng tomonida harakatlanib kelayotgan avtobusga borib urilgan.
YTHning dastlabki sababi: skuter haydovchisi oraliq masofaga amal qilmagan.
«Aziz haydovchilar! Yo‘llarda, ayniqsa, kunning qorong‘u vaqtida ehtiyot bo‘ling, yo‘l qoidalariga rioya qiling», deyiladi IIBB xabarida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar