Vazirlar Mahkamasining 27 aprel kuni qabul qilingan 360-sonli qarori bilan qing‘ir yo‘l bilan o‘qishga kirganlarni OTMdan chetlatish tartibi belgilandi.
«Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida»gi nizomga qo‘shimcha kiritildi hamda talabani OTMdan chetlatishga asos bo‘ladigan holatlar ro‘yxati quyidagi band bilan to‘ldirildi:
«z) sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);»
Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev telegramdagi kanalida qo‘shimcha qilishicha, talabani OTMdan chetlatish tartibiga yana bir kichik o‘zgarish kiritilgan, ya’ni endilikda talaba OTMning odob-axloq qoidalarini buzgan bo‘lsa ham, uni talabalikdan chetlatish mumkinligi belgilangan. Ilgari mazkur bandda faqat o‘quv intizomi va ichki tartib-qoidalari sanalardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin