
Foto:«Daryo-LIVE»
Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi «Chashmaihofizon» temiryo‘l stansiyasi yaqinida 1 mayga o‘tar kechasi «O‘zbekiston temir yo‘llari»ning «Dehqonobod—Boysun—Qumqo‘rg‘on» yo‘nalishida harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi vagonlari relsdan chiqib ketgan.
«Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, ag‘darilgan vagonlarning yo‘lovchilari avtobusda tashilgan. Hodisa haqida rasmiy axborot berilmagan, jabrlanuvchilar haqida ma’lumot (hozircha) yo‘q», deya yozmoqda «Daryo-LIVE».
Mazkur masala yuzasidan «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ matbuot xizmati ushbu vaziyat bo‘yicha hozircha axborot yo‘qligini, tez orada bayonot berilishini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Dehqonobod tumani Oqrabot qishlog‘ida kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida yer sathi cho‘kib, temir yo‘lga ziyon yetgani va poyezd qatnovi to‘xtab qolgan, keyinroq tiklangandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar