Ixtisoslashgan maktab va kollejlar haqida gap ketganda ma’naviy-axloqiy muhit yillar davomida o‘z holiga tashlab qo‘yilganini qayd etish kerak, deb hisoblaydi Bosh prokuror Otabek Murodov.
4 may kuni O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini taqdim etdi.
Murodovning ta’kidlashicha, prokuratura organlari xodimlari Samarqand, Qo‘qon shaharlari, Chinoz va Sirdaryo tumanlarida tarbiyasi og‘ir bolalar uchun mo‘ljallangan muassasalarda qonunchilik ijrosini o‘rganib, salbiy holatlarga duch kelgan.
«Samarqanddagi o‘g‘il bolalarga ixtisoslashtirilgan internat direktori Sadinov, tarbiyachi Ochilov va Salimov himoyasiz bolalarga rahmsiz muomalada bo‘lib, ularni doimiy do‘pposlab, qiynagani uchun sud hukmi bilan javobgarlikka tortildi. Qo‘qon maxsus kollejida esa byudjet pullarini talon-taroj qilish, o‘quvchilarga nisbatan qonunga zid harakatlarni amalga oshirish holatlari aniqlanib, aloqador shaxslar javobgarlikka tortildi», - deydi u.
Otabek Murodovning aytishicha, voyaga yetmaganlarni maxsus muassasalarga eng so‘nggi chora bo‘lgandagina joylashtirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasi tez orada tayyor bo‘ladi.
«Bunda muassasalarda har 20 nafar tarbiyalanuvchiga 1 nafar psixologni biriktirish, muassasalarni kuzatuv kameralari bilan jihozlash takliflari ham ilgari surilmoqda. Maxsus internat o‘zi kerakmi, degan masala ham bor, balki bolalarni oilalarga taqsimlab berarmiz, deb o‘ylayapmiz», - deydi O‘zbekiston Bosh prokurori. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi