Davlat idoralarida korrupsiyani bartaraf etish, unga olib keluvchi sharoitlarni aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilyapti. Ammo davlat idorasida ichki tizim ishlamasa, hech qanday naf chiqmaydi, deb hisobot berdi O‘zbekiston Bosh prokurori Otabek Murodov.
Kun.uz nashri xabariga ko‘ra, 4 may Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan Bosh prokuror hisobotida korrupsiya masalasiga alohida e’tibor berildi.
«Vazirlik o‘zi hukumat idorasi. Nega vazirlikka prokuratura kelib, senda korrupsiya bor ekan deyishi kerak, nega ichki tizim yo‘lga qo‘yilmaydi? Bu haqida har bir idora bosh qotirishi kerak.
Yana bir masala. Biz olishni emas, berishni to‘xtatishimiz kerak. Berishni yo‘qotsa, olishni tugatgan bo‘lamiz. Har bir idorada ichki korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiluvchi ichki tizimni joriy qilishni taklif etyapmiz. Bu bo‘yicha xalqaro ekspertlar guruhi ishlayapti, ular vaziyatni o‘rganib hisobot beradi va idoralarga kerakli tavsiyalarni beradi», - deydi Murodov.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yil davomida 1907 nafar mansabdor shaxs korrupsion jinoyatlari uchun javobgarlikka tortildi. Ularning 48 nafari respublika, 191 nafari viloyat hamda 1668 nafari tuman darajasidagi idoralarda rahbarlik qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi