16:45 / 04.05.2019
3 553

Murodov «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javob qaytardi

Murodov «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javob qaytardi
2018 yilda prokuror protesti bilan jinoyat sudlarining 716 nafar shaxsga nisbatan qarorlari bekor qilindi. 2009 nafar shaxsga nisbatan qaror va hukmlar o‘zgartirildi. 152 nafar shaxsga nisbatan oqilona hukm chiqarilishida prokurorlar tashabbus ko‘rsatdi, deb hisobot berdi Bosh prokuror Otabek Murodov. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qilmoqda.

Senatning 19-yalpi majlisida hisobot bergan Murodovga ko‘ra, 106 ming nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi, 12 mingdan ziyod noqonuniy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi. Shuningdek, 2 trln 228 mlrd so‘m zarar undirib berildi.

«Ko‘p hollarda majburiy ijro byurosining faoliyatiga tanqidiy baho berilyapti. Ba’zi ma’lumotlarni keltirib o‘tmoqchiman: xizmat vazifasini bajarishda 4 nafar xodim vafot etdi, 100dan ortig‘i turli darajada tan jarohati oldi. 4690 nafar xodim bunday og‘ir sharoitda ishlashni istamasdan o‘z xohishiga binoan ishdan bo‘shash bo‘yicha ariza berdi.

Kadrlar masalasi ham biz uchun muhim. Poraxo‘rlik va mansabini suiiste’mol qilgani uchun 281 nafar xodimni ishdan bo‘shatdik, 61 nafar xodimni jinoiy javobgarlikka tortdik. Bunaqa raqamlar hech qachon prokuratura tarixida bo‘lmagan. Bu faktlarni ijtimoiy tarmoqlarda urchib ketgan «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javoban aytyapman. 82ta holatda prokuratura xodimlari pora bergan shaxslar haqida xabar berdi. Demak, pora berishni to‘xtatish kerak», - deydi u.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Murodov «prokuraturani tozalash vaqti kelmadimi», degan gaplarga javob qaytardi