
Navoiy shahrida sodir etilgan o‘g‘rilik qurboni bo‘lgan sakkiz nafar fuqaro o‘z uylaridan olib chiqib ketilgan moddiy boyliklarini qaytarish umidi bilan yurganlarida MIB Navoiy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan ijro ishlari natijasida, sud tomonidan chiqarilgan hukmga ko‘ra, ashyoviy dalil deb topilgan va ishga qo‘shib qo‘yilgan “Shevrolet Optra” va “Neksiya” rusumli avtomashinalar sotuvga qo‘yildi.
Sotuvdan tushgan 25.265.245 so‘m pullar davlat ijrochisining sa’y-harakatlaridan mamnunliklarini izhor qilgan sakkiz nafar jabrlanuvchilarga ko‘rilgan moddiy zararlarining o‘rnini qoplash maqsadida bo‘lib berilishi ta’minlandi.
O‘zining xizmat majburiyatlariga vijdonan yondashuvchi MIB Navoiy shahar bo‘limining davlat ijrochilari nafaqat fuqarolardan olqish olish, balki davlat oldidagi burchi va sud-huquq sohasiga qo‘shayotgan salmoqli hissalari uchun ham astoydil harakat qilishda davom etadilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar