
Rasizm degan tushuncha bor, o‘zbekchada irqchilik. Ma’nosi, "biz odammiz, boshqalar hayvon". Millatchilikda esa "biz odammiz, boshqalar ham odam".
Rasizmga nemislarning natsizmi ham, italiya fashizmi, va, umuman, anglo-sakson siyosati va hokazo ,va hakazolar... aql bilan ajratib olavering.
Irqchilikka yaqinda ikki marta guvoh bo‘ldim: Robin Sharmaning "Unvonsiz sardor" kitobini o‘qiyapman. Bir yigit AQShdanmi, Angliyadanmi, Iroqqa borib xizmat qilgan. Urushda ruhan ezilgan, chunki do‘stlarini yo‘qotgan. Yo‘q bo‘lib ketgan millionlab iroqlilar tilga olinmagan. Chunki suvaraklar qiziq emas.
" Bengazi mahfiy askarlarining 13 soati" filmi Liviyada AQSh elchixonasiga bo‘lgan hujum haqida. U yerdagi amerikalik askarlarning gapi: "amerikaliklar halok bo‘lishlari mumkin". O‘sha kecha AQSh elchisi halok bo‘lgan (bu bo‘lgan voqea). O‘sha elchi boshchiligida Liviyada fuqarolar urishi sodir bo‘lgandi. Lekin buning hech kimga qizig‘i yo‘q.
Biz farqlimiz. Biz boshqalarni ham odam deb, bilamiz. Nemislar, aynan millionlab nemislar va boshqa Yevropa millat vakillari Sovetlar Ittifoqiga bostirib kelganda hatto norasida go‘daklargacha qirib tashlashgan.
O‘zbeklar esa 600 ming yetib bolalarni millati-irqiga qaramasdan, asrab olgan.
Ba’zilar gapirganidek; "nemislar bizni bosib olsa, mersedesda yurardik" degan, shum iddaoga bormaylik. Qolaversa, irqchilikning shiori aslo o‘zgarmagan. Urush,ofatlarning turi esa urchigan sari, urchib yotibdi.
Bobur Ismoilov
Manba: Azon.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar