date
views 3 782

Yengil qaramaylik…

Yengil qaramaylik…
Iftor payti televizor kanallarini aylantirdim. ZO‘R TVda "Boriga baraka" o‘yini ketmoqda.

Boshlovchi: Xudoyi taolo omadingizni bersin, qani boshlang!
Ishtirokchi xola: "Omiyn, ya robbal olamin, Bismillahir rohmanir rohim"

Qimor boshlandi. Bu yoqda iftor…

Qimorxona muhitini eslatuvchi ushbu ko‘rsatuvni o‘zingiz ham bir e’tibor bilan ko‘ring, boshlovchi ishtirokchini gangitishga harakat qiladi, shuncha narsa beraman, o‘yindan chiqasizmi yo davom etasizmi, deb. Eng yomon tomoni ishtirokchilar ichida yoshi oltmishdan oshgan oqsoqol amakilar, oqro‘molli ayollar bor. Ko‘rsatuvni ko‘rgan go‘daklarda, bolalarda qimor o‘yinlariga ko‘nikma, oson mulkdor bo‘lishga mayl va alaloqibat haromdan hazar qilmaslikka odatlanish yuzaga keladi. O‘yinning o‘zi unga mablag‘ bilan hissa qo‘shganlarda norozilik uyg‘otadi, juda bo‘lmaganda ichida. Chunki u hissa qo‘shgan va u ham yutishni xohlaydi. Islomda qimorning ta’qiqlanish sabablaridan biri ham shu.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bu o‘yinni ma’qullamaganidan xabarim bor. Nega endi huquq-tartibot idoralari bunga befarq. "Nuroniy", "Mahalla" jamiyatlari va Ma’naviyat-ma’rifat markazlari nega jim? Bitta oddiy kanaldan qadriyatlarimizga zid ko‘rsatuvni oldirish nahot shunchalar qiyin?!

Eslatma: "Boriga baraka" o‘yini mohiyatan qimordir.
Mubashshir AHMAD

Manba: Azon.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yengil qaramaylik…