Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ohangaron tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Angren daryosining Ohangaron tumani, Qayirma qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi qismida fuqarolar V.B. va boshqalar taqiqlangan ov quroli hisoblangan elektr qarmoq bilan baliq ovlayotganligi aniqlanib, ulardan «SEAHAWK II» nomli qayiq, elektr qarmoq, akkumulyator va 6942 dona ovlangan baliqlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Toshkent viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining dalolatnomasiga asosan 6942 dona baliqlarning noqonuniy ovlanishi natijasida hayvonot yoki o‘simlik dunyosiga 281,5 mln. so‘mlik juda ko‘p miqdordagi zarar yetkazilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan V.B. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi