Foto: «dyxx.uz»
Bugun, 16 may kuni soat 04-00da Toshkent viloyati Yangiyo‘l shahri, Samarqand ko‘chasida joylashgan «Darvoza Savdo» MChJga qarashli «Makro» savdo majmuasida yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limining dispetcherlik xizmatiga xabar kelib tushgan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar qilmoqda.
Voqea joyiga 5 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Yong‘in o‘chirish bo‘linmalari voqea joyiga soat 04 dan 03 daqiqa o‘tganda yetib borgan va ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04 dan 09 daqiqa o‘tganda qurshab olinib, soat 04 dan 19 daqiqa o‘tganda to‘liq bartaraf etilgan.
Natijada yong‘indan majmuaning 750 kv.metr maydoni saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘in oqibatida majmuaning 1-qavatidagi 30 kv.metr maydonda savdo rastasi va 3 dona muzlatgich yonib zararlangan.
Yong‘inni taxminiy sababi majmuadagi muzlatgichning elektr simlarida qisqa tutashuv. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Toshkent viloyatida muqaddam 8 marotaba sudlangan “soxta operator” qayta jinoyatga qo‘l urdi
Iroq U-23 ustozi Radhi Shenaishil: "Qo‘l ostimdagi barcha futbolchilar Olimpiadaga borishga munosib"
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi