date
views 3 383

Tikilib qaradim, biroq, ko‘z ilg‘amas kunduzgi chiroq

Tikilib qaradim, biroq, ko‘z ilg‘amas kunduzgi chiroq
Foto: IIBB matbuot xizmati
Birovning boshliq bo‘lgisi kelibdi. Arz qilaverib kattakonlarni bezor etibdi. Oxiri unga bir hovuzni ko‘rsatishibdi-da, ol ana, shu hovuzga boshliq bo‘laqol deyishibdi.

Uyam boshliqman deb hovuz bo‘yiga yotvolibdi-da, o‘z qoidalarini joriy eta boshlabdi.

― Hoov, sen nima uchun suv olyapsan? Mol sug‘orishga? Narigi tomondan ol!
― Gul sug‘orishga bu burchakdan olinadi.
― Chap tomonda cho‘milish qat’iy man etiladi, faqat o‘ng tomonda mumkin!

Bir kimsa so‘rabdi oxiri:
― Bu ishingda mantiq ne? Baribir hamma suv bitta hovuzda-ku!
― Ha endi, men boshliqman, o‘z qoidalarimni o‘rnatishim kerak-da! ― degan ekan.

Bu latifani taksi haydovchisi kunduzi chiroq yoqish mavzusida gapira turib aytib berdi.

P.S.: Yo‘lovchi o‘laroq mashinalarga tikilib qaradim: chiroqlarni uzoqdan ilg‘ab bo‘lmayapti, quyosh halaqit beryapti.

Shahnoza To‘raxo‘jayeva

Manba: Xabar.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tikilib qaradim, biroq, ko‘z ilg‘amas kunduzgi chiroq