Foto: «Protoday.uz»
Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari general Muidjon Tohiriy uch yarim yilga ozodlikdan mahrum etildi hamda eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarima to‘lashga hukm qilindi. Bu haqda «Gazete.uz» xabar bermoqda.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi 16 may kuni Davlat bojxona qo‘mitasining sobiq rahbari Muidjon Tohiriy ishi bo‘yicha hukm chiqardi.
U Jinoyat kodeksining 167 (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 207 (mansabga sovuqqonlik bilan qarash), 209-modda (mansab soxtakorligi)lari bo‘yicha aybdor deb topildi.
Muidjon Tohiriyning hibsga olingani haqida 2018 yilning dekabr oyida ma’lum bo‘lgan edi. U Davlat bojxona qo‘mitasining rahbari sifatida 2016 yilning dekabridan 2018 yilning fevraligacha ishlagan.
2006−2008 va 2011−2016 yillarda Milliy xavfsizlik xizmati (hozirgi — DXX) raisi o‘rinbosari, 2013 yildan O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
APL. “Liverpul” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Tottenhem”ni mag‘lub etdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi