3 884
Deputat GM Uzbekistan’ni tanqid qildi va jarima joriy etishda aholi fikri hisobga olinmaganligini bildirdi
Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev kunduzgi vaqtda mashinalar chirog‘ini yoqib yurish masalasida o‘z fikrini bildirdi.
“Munosabat” ko‘rsatuvi davomida boshlovchi eksport uchun chiqarilgan Tracker Chevrolet rusumidagi avtomobilning chiroqlari avtomatik ravishda yonishini, O‘zbekiston aholisi uchun chiqarilgan mashinalarda esa bunday funksiya yo‘qligini aytdi. Shundan so‘ng Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev o‘z fikrini bildirdi.
«Biz haydovchilarga nisbatan adolatsizlik qilganimizni tan olgimiz kelmayapti. Biz mashinasi faralari avtomatik yonmaydigan haydovchilarga nisbatan adolatsizlik qildik. Jahon amaliyotini oladigan bo‘lsak, oxirigacha olish kerak. Yevropa mamlakatlarida 2011 yilda bu narsa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga nisbatan joriy qilingan, haydovchilarga emas.
Bundan tashqari, 2011 yilgacha ishlab chiqarilgan avtomobillar egalariga jarima solinmagan, ularga majburiy bo‘lmagan, biz esa barchani jarimaga tortyapmiz. Odamlar albatta norozi bo‘ladi. Ko‘pchilik norozi bo‘lgan narsadan biz deputatlar ham norozi bo‘lamiz. Bizga sizlar to‘g‘ri bo‘ldi deb targ‘ibot qilishingiz kerak, deyishyapti.
Qanaqasiga minglab odamlar noto‘g‘ri bo‘ldi deb tursa, biz qanaqasiga to‘g‘ri bo‘ldi deymiz. Talab avval ishlab chiqarishga nisbatan joriy qilinsin. Yevropa bizning avtomobillarni sifatli deb tan olyaptimi, bizning xalqimiz ham sifatli avtomobillarga haqli. Nima uchun ikki xil variantda ishlab chiqariladi», - dedi deputat.
U shuningdek, hujjat loyihasi muhokamaga qo‘yilgani, ammo loyiha mualliflari oddiy fuqarolar va mutaxassislarning takliflarini inobatga olishmaganini aytdi.
«Agarda odamlarning fikri inobatga olinmaydigan bo‘lsa, uni muhokamaga qo‘yishning nima keragi bor edi? Bizdan nima uchun bizning fikrlarimizni inobatga olishmadi deb so‘rashyapti. «Xohlasang ham, xohlamasang ham shuni qilasan. Biz yaxshi bilamiz» qabilida ish tutilgan. Balki adashayotgandirman, lekin jarayondan kelib chiqib aytyapman», - dedi deputat.
Eslatib o‘tamiz, 10 maydan kunduzgi vaqtda yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurmaganlik uchun haydovchilar jarimaga tortila boshladi. Jarima miqdori eng kam ish haqining 50%ini tashkil etadi. Takror sodir etish sanksiya miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi – o‘ta «ashaddiy» qoidabuzarlarga EKIHning 4 baravari miqdorida jarima solinadi yoki haydovchilik guvohnomasidan yarim yilga mahrum etiladi.
Kun.uz «Sizning fikringiz» Telegram-kanalida yaqinni yorituvchi chiroqlarni yoqib yurish majburiyligi borasida so‘rov o‘tkazdi.
1 891 kishi qatnashgan so‘rovda 40% respondent “avval haydovchilarning fikrini o‘rganish kerak edi” deb javob berdi. Xuddi shuncha respondent bu noto‘g‘ri qaror bo‘lganligini aytdi. Bu qarorni 15% kishi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, 5% respondent javob berishga qiynalayotganini bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Joze Mourino Yevro—2024 favoritlarini sanab o‘tdi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Germaniyada Rheinmetall qurol kompaniyasi rahbarining dachasi yoqib yuborildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi