Foto: “Tony.ru”
Bolalarga 16-17 yoshga toʻlmagunicha qahva va energetik ichimliklar ichishga ruxsat bermang! Bu haqda Moskva sogʻliqni saqlash departamenti psixiatr-narkologi Yevgeniy Bryun ogohlantirmoqda.
— Bolalarga kofeinli ichimliklarni ichishga ruxsat bermaslik kerak. Umuman, energetik ichimliklar va qahvadan 16-17 yoshgacha tiyilib turgan maʼqul. Kofein birinchi navbatda bolaning shakllanib kelayotgan nerv tizimiga zarar yetkazadi, — “Moskva” agentligi mutaxassisdan shunday iqtibos keltirmoqda.
Qahva va energetiklar isteʼmolidan soʻng bola jizzaki va injiq boʻlib qolib, tez toliqadi. Bolaning asab tizimiga energetiklar tarkibidagi asosiy moddalar — taurin, jenshen va guarana salbiy taʼsir koʻrsatadi. Qolaversa, qon bosimi oshishi va oʻsmalar paydo boʻlishida ham shularning taʼsiri bor.
Kofeinli ichimliklar organizm koʻp suv yoʻqotishiga sababchi boʻladiki, bundan buyraklarga juda ogʻir zoʻriqish tushadi. Kamiga yurak maromida ishlashi uchun zarur boʻlgan minerallar, kaliy, kalsiy, magniy kabi moddalarni kofein organizmdan chiqarib yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Ozish uchun qancha yugurish kerak?
Ot sporti. Konkur bo‘yicha yana bir turnir o‘tkazildi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya tashqi ishlar vaziri Makronni Napoleon va Gitler bilan solishtirdi