Aliment undirish haqidagi ijro hujjati davriy undiruv hisoblanganligi sababli aliment to‘lovchilarning O‘zbekiston Respublikasidan chetga chiqish huquqlari vaqtincha bekor qilinadi. Jumladan, alimentchi ota V.K.ning ham chetga chiqishiga cheklov qo‘yilgan edi.
Fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirobod tumanlararo sudining 01.02.2019 yilgi sud buyrug‘iga asosan, qarzdor V.K.dan bir nafar farzandining voyaga yetgunga qadar har oylik ish haqi va boshqa daromadlarning 1/4 qismi miqdorida aliment undirilish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosining Bektemir tuman bo‘limida mavjud bo‘lib, qarzdor V.K.ning arizasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yilgi 808-sonli qaroriga asosan, Byuroning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan qarzdor ota V.K.ning 5 (besh) yillik, yani 01.05.2019 yildan 01.05.2025 yilga qadar 45.439.706 so‘m aliment pullari hisoblab berilgan.
Shundan so‘ng, qarzdor ixtiyoriy ravishda 45.439.706 so‘m aliment pullarini 1 nafar voyaga yetmagan farzandi uchun to‘ladi va qarzdorning O‘zbekistondan chetga chiqish huquqlari tiklab berildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyada o‘zbekistonlik qul savdogari qo‘lga olindi
O‘zbekiston va Italiya hashamatli sayyohlik poyezdini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
«Ziki eski shahar» laqabi bilan tanilgan Lutfulla Umarovga sud hukmi o‘qildi
Kutilmagan natijalarga boy Dushanbe “Katta Dubulg‘a” turniri yakuniga yetdi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi