date
views 3 422

Kseniya Sobchak: “O‘zbekiston – g‘aroyib madaniyat mamlakati"

Kseniya Sobchak: “O‘zbekiston – g‘aroyib madaniyat mamlakati"
Yaqinda sayohatdan qaytib kelgan Kseniya Sobchak O‘zbekiston haqida o‘zining yorqin va samimiy xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Rossiyalik jurnalist O‘zbekiston madaniyati va mehmondo‘stligini yuqori baholab uni kutib olgan kishilarga minnatdorlik bildirdi.

“O‘zbekiston – g‘aroyib madaniyat mamlakati. Bu yerda, xuddi Yaponiya kabi, hech kim sizga “yo‘q” deb javob bermaydi. Ikkinchidan – bu yerda haqiqiy sharqona ertak. Uchinchidan – siz ham men kabi keramika va qo‘lda tikilgan kashtalarni yaxshi ko‘rsangiz – bu yoqqa marxamat. Samimiy mehmondo‘stlik uchun rahmat”, - deb yozib qoldirgan Kseniya Sobchak o‘z instagramida.

O‘tgan haftda Kseniya Sobchak Samarqandda olgan taassurotlari haqida xabar bergan edik. O‘shanda rossiyalik teleboshlovchi o‘zining Go‘r Amir hamda Registondan olgan tassurotlari bilan bo‘lishgan edi.

Katta janjaldan so‘ng Kseniya Sobchak O‘zbekistonga keldi
Eslatib o‘tamiz, bir necha yil oldin, aniqrog‘i 2017 yilda Kseniya Sobchak rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalnыy bilan bo‘lgan intervyusida “O‘zbekistonda hech kim Pushkinni tanimaydi” degan so‘zlarni aytgan edi. Bunga javoban internetda yuzlab o‘zbeklar Pushkin she’rlaridan satrlar o‘qib berishgan edi.

Ming marta eshitgandan bir marta ko‘rgan yaxshi deganlaridek, O‘zbekistonni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, yaxshi taasurotlar bilan qaytgan Kseniya Sobchak bundan buyon o‘zbeklar haqida gapirganda adashmaydi deb umid qilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kseniya Sobchak: “O‘zbekiston – g‘aroyib madaniyat mamlakati"