Taniqli suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov olamdan o‘tdi

O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov yangi yilning ilk kunida vafot etdi. Bu haqda hamkasbi Muslimbek Yo‘ldoshevning feysbukdagi sahifasida qoldirilgan malumotga asoslanib Kun.uz nashri xabar bermoqda.
"Azizlar, qadrdonlar. Mening do‘stim, qadrdonim, yurtimizning jafokash bir sanatkori - O‘zbekiston xalq artisti, oliy toifali suxandon Abdumo‘min O‘tbosarov 56 yoshida to‘satdan olamdan o‘tdi. Yaqinlariga chiroyli sabr so‘raylik, biladiganlarimiz esa uning haqqiga ikki kalima Qur’on tilovat baxshida qilaylik... Olloh, o‘zing rahmatingga ol!..", deya yoziladi manbada.
Qayd etish kerakki, u 31 dekabr oqshomida prezidentning Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirgandi.
Ma’lumot uchun, O‘tbosarov Abdumo‘min Abdumajitovich 1960 yilning 24 aprelida tug‘ilgandi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, oliy toifali diktor Abdumo‘min O‘tbosarov O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» teleradiokanali diktori sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.
Prezidentning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Yangi yil tabrigini o‘qib eshittirish uning xizmat faoliyatidagi eng so‘nggi ish bo‘lib qoldi.
Zamin.uz tahririyati mahrumning yaqinlariga chin dildan ta’ziya bildiradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing