
Dunyoning barcha sharob ishlab chiqaruvchi davlatlarida bo‘lgan Jan-Baptist Anselot mamlakatimizga tashrif buyurdi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Mehmon tashrifi davomida yurtimiz vinochilik tarixi va istiqbolli loyihalari bilan tanishdi. Jan-Baptist Anselot dunyoning 75 ta mamlakatida bo‘lib, 431 ta sharob ishlab chiqaruvchi zavod faoliyatini o‘rgangan hamda 4500 dan ortiq vino turlarini tatib ko‘rgan.
U O‘zbekistonga qilgan tashrifini kompaniya rasmiy saytida quyidagicha izohlaydi:
— Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi rahbariyati hamda o‘zbek xalqi bilan bo‘lgan uchrashuv juda yoqimli kechdi. Men marosim uchun milliy libos, choponni kiyganimdan zavqlandim. O‘zbek oshxonasi timsoli — mazali palovdan bahramand bo‘ldim.
Qayd etish joizki, “Wine Explorersnning” kompaniyasi vino ishlab chiqaruvchi mamlakatlarni ro‘yxatga oluvchi yagona ommaviy axborot kompaniyasi hisoblanadi.
Jan-Baptist AnselotO‘zbekistonga TashrifVinochilik TarixiMilliy TaomlarUzumchilik AgentligiWine Explorers Kompaniyasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar