Amerikalik olimlar tuxumni tez-tez iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishi va barvaqt o‘lim xavfini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress portalida e’lon qilingan.
Olimlar 31 yil davomida 30 ming kishining hayot tarzini kuzatdi. Ma’lum bo‘lishicha, har kuni har qanday qo‘shimcha ravishda 300 milligramm xolesterin iste’mol qilish yurak-qon tomir tizimi kasalliklari rivojlanishini 17 foizga, erta o‘lim xavfini esa 18 foizga oshirar ekan. Qayd etish joizki, bir dona tuxum tarkibida taxminan 200 milligramm xolesterin moddasi mavjud.
Shu bilan birga, olimlar ushbu mahsulotdan butunlay voz kechish kerak emasligini ta’kidladi, chunki me’yorida iste’mol qilingan tuxum organizm, xususan, ko‘z va suyaklar uchun foydali hisoblanadi.
«Odamlarga uch dona tuxumdan tayyorlangan kundalik quymoqdan voz kechishlarini tavsiya qilaman. Ovqatlanishda me’yor va muvozanat muhimdir», — deydi tadqiqotchi Ketrin Tuker.
U haftasiga bir necha dona tuxum iste’mol qilish sog‘liq uchun foydadan xoli emasligini qayd etdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi